Dunyoda koronavirus. Turkiyada bir kunda 1,7 mingdan ziyod inson virus yuqtirgan va boshqa yangiliklar

12:31 16 May 2020 Dunyo
201 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,5 mln.dan oshib ketdi, 307 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,63 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— AQSHda virusni yuqtirganlar soni 1,44 mln.dan oshdi, bemorlarning 87 mingdan ziyodi vafot etgan.

— Robert Kox instituti maʼlumotlariga koʻra, Germaniyada bir sutkada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq 620 ta yangi holat aniqlandi.

— Shveysariya hukumati Avstriya va Germaniya bilan chegaralardan oʻtish tizimiga pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlarni yumshatishga qaror qildi.

— Kiyev meri Vitaliy Klichko shahardagi barcha internatlar tarbiyalanuvchilari va ishchi-xodimlarini koronavirusga tekshirish boʻyicha buyruq berdi.

— Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koja mamlakatda bir kechada virusni yuqtirish bilan bogʻliq 1,7 mingdan ziyod holat aniqlanganini maʼlum qildi, vafot etganlarning umumiy soni 4055 nafarga yetgan.

— Tailandda bir sutkada biror insonda koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi.

— Italiyada 3-iyundan chegaralar ochiladi va hududlar oʻrtasida harakatlanishga ruxsat beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?