Dunyoda koronavirus. Tramp nima uchun niqob taqmasligining sababini aytdi va boshqa yangiliklar

12:05 13 May 2020 Dunyo
590 0

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,2 mln.dan oshib ketdi, 291 mingdan ziyod bemor vafot etgan, qariyb 1,5 mln. inson tuzalgan.

— BMT Xavfsizlik kengashining koronavirus infeksiyasi pandemiyasi paytida hamkorlik chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi rezolyutsiya 99 foiz tayyor, deb xabar berdi Rossiyaning ushbu tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya.

— Germaniyada oʻtgan sutkada virusni yuqtirganlar soni 171 mingtadan oshdi, 147 ming inson tuzaldi, 7,7 ming bemor vafot etgan.

— Yangi Zelandiyada epidemiya sabab 25-mart kuni joriy etilgan favqulodda holat rejimi bekor qilindi.

— Tailandda birinchi marta bir sutkada hech kim virusga chalinmadi.

— Janubiy Koreyada bir kecha-kunduzda 26 kishida, Xitoyda 15 kishida virusga chalinish bilan bogʻliq yangi holat aniqlandi.

— Braziliyada tojdor virusni yuqtirganlar soni 178 mingdan oshib ketdi, qariyb 12,5 ming inson vafot etgan.

— AQSH hukumati Rossiya tomonidan yetkazib berilgan “Aventa-M“ oʻpkani sunʼiy shamollatish apparati(IVL)dan Sankt-Peterburg shifoxonasidagi yongʻin sabablari maʼlum boʻlmaguncha ishlatmasilikka qaror qilishdi. Maʼlumot uchun, kecha ushbu shahardagi avliyo Georgiy kasalxonasida kelib chiqqan yongʻin oqibatida besh kishi hayotdan koʻz yumgan. Taxminlarga koʻra, baxtsiz hodisaga IVL apparatlaridan birining yonib ketgani sabab boʻlgan. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

— Donald Tramp tibbiyot niqobini taqmasligini bildirgan, chunki u masofani saqlamoqda hamda uning oldiga hech kim yaqinlashtirilmayapti. AQSHda koronavirus bemorlari 1,3 mln.dan oshib ketgan, 232 mingdan ziyod inson tuzalgan boʻlsa, 80 mingdan ortiq bemor hayotdan koʻz yumgan.

— Kanadada birinchi marta tuzalgan bemorlar soni virusni yuqtirganlardan oshgani kuzatildi. Mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, qariyb 33 ming bemor toʻliq tuzalgan.

— Parijda daryolar va anhorlar qirgʻoq boʻylarida alkogol ichimliklar isteʼmol qilish taqiqlandi. Mamlakatda tojdor virusni yuqtirganlar soni 177 mingdan oshib ketgan, 56 mingdan ziyod inson tuzalgan, 26 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

— Twitter sahifalarida Covid-19 bilan bogʻliq feyk xabarlarga belgi qoʻyiladigan boʻldi. Ishonchsiz maʼlumotlar esa oʻchirib tashlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?