Dunyoda koronavirus. “Tojdor yov“ning yangi epimarkazi maʼlum boʻldi va boshqa yangiliklar

13:27 23 May 2020 Dunyo
609 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5,2 mln.dan oshib ketdi, 338 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 2 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

—JSST Janubiy Amerika koronavirusning yangi epitsentriga aylanganini maʼlum qildi.

— Braziliyada bemorlar soni 330 mingdan oshib ketdi va bu davlat Rossiyadan oʻtib ketdi. Bir kunda virusni yuqtirganlar soni 20 803 nafarga yetib, bu boradagi antirekord qayd etildi. U yerda qurbonlar soni 21 mingdan oshdi.

— Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo koronavirusga qarshi cheklovlarni yumshatishga qaror qildi. Shtat aholisiga oʻn kishigacha yigʻilishga ruxsat berildi.

— AQSHda bemorlar soni 1,6 mln.dan oshdi. 350 mingdan ortiq inson tuzaldi, 96 mingdan ziyodi vafot etdi.

— Xitoyda oʻtgan sutkada yanvar oyidan buyon ilk marta virusni yuqtirish bilan bogʻliq birorta yangi holat qayd etilmadi. Pandemiya boshlangandan buyon ushbu mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 84 081 nafarga yetgan boʻlsa, 79 mingdan ziyod bemor sogʻaydi, 4638 nafari vafot etdi.

— Janubiy Koreyada bir kunda 23 kishida infeksiya aniqlandi, umumiy bemorlar soni 11 165 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?