Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 590 ming nafarga yaqinlashdi

20:41 17 Iyul 2020 Dunyo
356 0

Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Bugun, 17-iyulga kelib, ushbu infeksiya qurbonlari soni 589 211 kishiga yetdi. Soʻnggi 24 soat ichida kasallik 5087 kishini hayotdan olib ketgan. Bir kun oldin bu raqam 5496 kishini tashkil etgan — Jons Xopkins universiteti maʼlumoti.

Umuman, mazkur universitet maʼlumotlariga koʻra, pandemiya boshlanganidan beri COVID-19 bilan kasallanganlar soni 13 767 548 nafarga yetgan. Soʻnggi sutkada yana 212 701 kishida virus aniqlangan. Bir kun oldin bu koʻrsatkich 231 317 nafarni tashkil etgan. Shu kungacha 7,68 million kishi kasallikdan davolangan.

Ayni kunga kelib, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 3 576 156 ta holat aniqlandi (kuniga oʻsish - 78,309), 138,358 kishi vafot etdi (kuniga oʻsish - 951), 1 milliondan ortiq odam davolandi.

Braziliyada ushbu kasallikka chalinganlar soni 2 012 151 nafarga yetdi (kuniga oʻsish - 45 403), 76 668 kishi vafot etdi (kuniga oʻsish - 1322), deyarli 1,4 million kishi davolandi.

Bemorlar soni boʻyicha Hindiston uchinchi oʻrinni egallab turibdi, bu yerda oxirgi kun davomida yuqtirganlar soni 968 857 nafardan 1 003 832 ga oshib, 25 602 hayotdan koʻz yumgan, 612,8 ming kishi davolangan.

Eng koʻp oʻlim holati boʻyicha Buyuk Britaniya uchinchi oʻrinda turibdi. Pandemiya boshlanganidan beri ushbu mamlakatlar koronavirus qurbonlari soni 45 204 nafarga yetgan. Mamlakatda 294 116 kishi virusni yuqtirgan.

Dunyoning eng muhim voqealari boʻyicha statistika maʼlumotlarini berib boradigan — Worldometer saytiga koʻra, sayyoramizning 1 million aholisiga oʻlim darajasi 76 tani tashkil etdi. AQSHda har millionga 426 kishi, Braziliyada 361, Hindistonda 18, Buyuk Britaniyada 664 kishiga toʻgʻri kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?