Dunyoda koronavirus. Olimlar: Covid-19 manbasi Uxan emas va boshqa yangiliklar

13:49 30 May 2020 Dunyo
519 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 6 mln.dan oshib ketdi, 366 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 2,66 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— Tramp koronavirus tarqalishi “Uxan virusini yashirgan” Xitoy tufayli yuz berganini maʼlum qildi.

— Xitoyning kasalliklar profilaktikasi va nazorati boʻyicha milliy markazi olimlarining taʼkidlashicha, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori yangi koronavirus kelib chiqqan manba emas. Uxan bozoridagi hayvonlardan olingan tahlillar manfiy natija bergan.

— Disney Floridadagi koʻngilochar parklarini 11-iyuldan ochishga ruxsat berdi. AQSHda virusni yuqtirganlar soni 1,74 mln.dan oshdi, 406 mingdan ortiq odam tuzaldi, 102 mingdan ortigʻi vafot etdi.

— Oʻtgan sutkada XXRda kasallanish bilan bogʻliq toʻrtta yangi holat aniqlandi. Oʻlim qayd etilmadi. Mamlakatda bemorlar soni 84 123 nafar, tuzalganlar 79 383 nafar, qurbonlar soni 4638 nafarni tashkil etmoqda.

— Germaniyada oʻtgan kuni virusga chalinish bilan bogʻliq 738 ta holat aniqlandi. Bemorlar soni 181 mingdan oshdi. Bir sutkada 39 kishi hayotdan koʻz yumdi. Tuzalganlar qariyb 165 ming kishiga yetdi.

— Turkiyada oʻtgan sutkada 1141 ta yangi holat qayd etildi. Bemorlar soni 162 mingdan oshdi. Bir kunda 28 bemor dunyodan koʻz yumdi. Jami vafot etganlar soni 4489 kishiga yetdi. Sogʻayganlar qariyb 126 ming kishiga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?