Dunyoda koronavirus. Chexiya chegaralarini iyuldan ochishi mumkin va boshqa yangiliklar 

15:30 03 May 2020 Dunyo
432 0

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 3,4 mln.dan oshib ketdi, 244 mingdan ziyod bemor vafot etgan, qariyb 1,1 mln. inson tuzalgan.

— AQSHda 2021-yil yanvarigacha koronavirusga qarshi vaksina yaratishmoqchi, ammo olimlar bu boradagi aniq muddatlarga kafolat bera olmasliklarini bildirgan.

— Avstraliya gazetasida Xitoyning COVID-19ga oid maʼlumotlarni yashirishga boʻlgan urinishlariga bagʻishlangan hisobotni eʼlon qildi. “Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSH, Kanada va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan tuzilgan ushbu roʻyxat“da qayd etilishicha, XXR infeksiya tarqalishi bilan maʼlumotlarni atayin yoʻq qilgan. Ammo buni isbotlaydigan hech qanday rasmiy dalil keltirilmagan.

— Fransiyada virusdan vafot etganlar soni 24,7 mingdan oshib ketdi. Mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar 168 mingdan koʻpaygan boʻlsa, sogʻayganlar qariyb 51 ming nafarga yetgan.

— Chexiya iyul oyidan boshlab toʻrtta qoʻshni davlatlar bilan chegaralarini ochishi mumkin. Respublika fuqarolariga 24-apreldan xorijga borishga ruxsat berilgan. Faqat ular vataniga qaytib kelganlaridan soʻng ikki haftalik uy karantinida qolishlari sharti. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 7755 nafarga yetgan, 3461 kishi tuzalgan, 245 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?