Dunyoda koronavirus. Ispaniyada oʻlim holatlari kamayib bormoqda va boshqa yangiliklar

23:26 16 May 2020 Dunyo
331 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 4,5 mln.dan oshib ketdi, 308 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,63 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

— Tailand hukumati mamlakatga xalqaro yoʻlovchi aviareyslar kelishiga qoʻyilgan taqiqni 30-iyunga qadar uzaytirdi.

— Xitoy janubidagi Xaynan provinsiyasi Malayziyaning Pinang shtatiga 30 mingta bir martalik himoya tibbiyot niqoblarini xayriya qildi.

— Italiya YEI va Shengen zonasi chegaralari bilan erkin harakatlanishga ruxsat berdi.

— Ispaniyada oʻtgan sutkada 102 bemor vafot etdi. Bu ikki oydan buyon kuzatilgan eng past koʻrsatkichdir.

— Gretsiyada bugundan boshlab 515 ta plyaj ochildi. Ularga 16-maydan boshlab tashrif buyurish mumkin. Faqat ayrim cheklovlar bilan.

— Berlinda turli mavzularda kelishilgan oʻnlab aksiyalar boʻlib oʻtmoqda. Pandemiya sabab shahardagi barcha ommaviy namoyishlarda 50 tadan ortiq odam qatnashishiga ruxsat berilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?