Dunyoda koronavirus. Gruziya 1-iyuldan aviaqatnovlarni tiklaydi va boshqa yangiliklar 

23:54 07 May 2020 Dunyo
498 0

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 3,78 mln.dan oshib ketdi, 265 mingdan ziyod bemor vafot etgan, qariyb 1,26 mln. inson tuzalgan.

— Gruziya shaharlari 11-maydan boshlab kirish va chiqish uchun ochiladi. 15-iyundan ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi, 1-iyuldan esa boshqa davlatlar bilan aviaqatnovlar tiklanadi.

— Italiyada 11-maydan jamoaviy ibodatlarga ruxsat beriladi.

— Odessa shahri meri shaharda karantin yakunlanganini maʼlum qildi. Ukrainada 11-maydan karantinni yumshatish boshlanadi.

— Bashar Asad pandemiya sabab Suriyadagi parlament saylovlarini 20-maydan 19-iyulga koʻchirdi.

— Germaniya va Bolgariya futbol chempionatlari qayta yoʻlga qoʻyilganini rasman maʼlum qildi: mos ravishda 16-may va 6-iyun

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?