Dunyoda koronavirus bilan kasallanish holati 41 milliondan oshdi

11:51 23 Oktyabr 2020 Dunyo
197 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 41 million 104 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 128 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 41 million 641 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 136 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 8,184 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (7,706 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (5,273 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (1,463 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda Argentina (1,021 milliondan ortiq).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?