Dunyoda koronavirus. Bemorlar soni 5 mln.dan oshib ketdi va boshqa yangiliklar

12:08 21 May 2020 Dunyo
534 0

— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5 mln.dan oshib ketdi, 328 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 1,8 mln.dan ziyod inson tuzalgan.

—Xitoyda virusga chalinish bilan bogʻliq 2 ta yangi holat va infeksiyani belgisiz tashuvchi yana 31 kishi aniqlangan. Oʻtgan kun davomida u yerda oʻlim qayd etilmadi.

— Yaponiyaning 43 ta prefekturasidan uchtasida favqulodda vaziyat rejimi bekor qilinadi. Ushbu hududlarda virusga chalinish bilan bogʻliq yangi holatlar har 100 ming kishiga hafta davomida 0,05 foizdan oshmagani uchun shunday qarorga kelindi.

— Braziliyada oʻtgan sutkada tojdor virusni yuqtirish bilan bogʻliq 19 mingdan ziyod yangi holat aniqlandi. Mamlakatda bemorlar soni 291 mingdan, vafot etganlar 18 mingdan, tuzalganlar 116 mingdan oshib ketgan. Braziliya Lotin Amerikasi mamlakatlari ichida bemorlar va qurbonlar soni boʻyicha birinchi oʻrinda turibdi.

— NYT: AQSH hukumati 54 ming oʻlimning oldini olishi mumkin edi. Amerikalik olimlar agar cheklov qoidalari ikki hafta oldin joriy etilganda, qurbonlar soni bu qadar koʻp boʻlmasligini hisoblab chiqishdi. AQSHda virusni yuqtirganlar soni 1,55 mln.dan oshdi. 294 mingdan ziyod inson tuzaldi, 93 mingdan ortiq bemor hayotdan koʻz yumdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?