Dunyoda hech bir narsani suvga tenglab boʻlmaydi

14:25 17 Sentyabr 2020 Siyosat
318 0

Suv – bu hayot. Suv resurslarining inson turmushidagi xizmatining bahosi yoʻq. Yer sharining yarmidan koʻpini, toʻgʻrirogʻi 71 foizini suv va suv resurslari tashkil qiladi. Suvlarning 97 foizi okean va dengizlardagi shoʻr suv, atigi 3 foizi ichishga yaroqli toza suv ekanini ham yoddan chiqarish kerak emas.

«Mintaqamizda suv tanqisligi bilan bogʻliq vaziyat yildan-yilga murakkablashib bormoqda. Oxirgi 10 yilda, misol uchun, Oʻzbekistonda suv hajmi 12 foizga, oʻtgan yilgiga nisbatan esa bu yil 15 foizga kamaygan.»

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentyabr kuni suv xoʻjaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ushbu raqamlarni keltirdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan koʻtarilgan mazkur muammo juda dolzarb. Mulohazalar... Xalqaro tahlilchilarning fikricha, chindan ham bugungi kunda jahonning koʻplab hududlarida nafaqat ichimlik suvi, balki dalalarni sugʻorish, sanoatda ishlatish uchun ham suv yetishmayapti.

2050-yilga borib, Markaziy Osiyoning demografik oʻsishi tufayli aholi 90 millionga yetadi. Uning qariyb 30 foizi suv tanqisligiga duch kelishi ehtimoli bor. Sugʻorish uchun sarflanadigan suv miqdori esa 2020-yilda 30 foizga oshadi, degan taxminlar ham toʻgʻri chiqyapti, nazarimizda. Buni Prezidentimiz keltirgan misolda ham koʻrish mumkin. Bu muammo dunyo miqyosida ham davom etyapti.

Oʻzimizni oʻylaylik. Markaziy Osiyoda agrar sektorda band boʻlgan 55 milliondan ziyod kishining turmush sharoiti toʻgʻridan-toʻgʻri suv bilan taʼminlanishga bogʻliq. Agar undan oqilona foydalanilsa, iqtisodiy foyda yiliga mintaqa YAIMning 5 foizini beradi yoki daromad 20 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.

Davlatimiz rahbaring bong urishidan koʻrinib turibdiki, mamlakatimizda ekin maydonlarini sugʻorishda suvdan foydalanishning ahvolini qoniqarli baholashga hali erta.

Prezidentimiz kuyinchaklik bilan bir qator misollarga toʻxtaldi. Jumladan, paxta va gʻalla yetishtirish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hamda suvni yetkazib berish xarajatlari ham koʻp. Xususan, 2,5 million gektar maydonni sugʻorish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 8 milliard kilovatt soat energiya va 2,4 trillion soʻm byudjet mablagʻlari sarflanmoqda. Bir gektar maydonga suvni nasoslar orqali yetkazib berish uchun byudjetdan oʻrtacha 800 ming soʻm xarajat qilinyapti. Egatlab sugʻorish oqibatida yiliga qariyb 5-6 milliard kub metr yëki 20 foiz suv dalada behuda sarflanmoqda.

Behuda... Eʼtibor qaratsak, demak hayotning eng ulugʻ neʼmati koʻp hollarda isrof boʻlayotgani oydinlashadi.

Paxta va gʻalla yetishtirish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hamda suvni yetkazib berish xarajatlari ham koʻp. Xususan, 2,5 million gektar maydonni sugʻorish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 8 milliard kilovatt soat energiya va 2,4 trillion soʻm byudjet mablagʻlari sarflanmoqda. Bir gektar maydonga suvni nasoslar orqali yetkazib berish uchun byudjetdan oʻrtacha 800 ming soʻm xarajat qilinyapti. Egatlab sugʻorish oqibatida yiliga qariyb 5-6 milliard kub metr yëki 20 foiz suv dalada behuda sarflanayotganiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Muammo tanqidiy tahlil qilindi. Kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni 600 ming gektarga yetkazish reja qilib qoʻyildi. Masalaning yechimi uchun moliyaviy yoʻnalishlar belgilandi. Maʼlumki, bu yildan qishloq xoʻjaligi korxonalariga suv soligʻi boʻyicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi. Shu bilan birga, suvdan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foizga pasaytirildi. Prezident ushbu kamaytirilgan stavkani kelgusi yilda ham saqlab qolish zarurligini taʼkidladi.

Hozirda dunyoda yiliga qariyb 6 million gektar yer choʻllanishga uchramoqda. 60 mingga yaqin oʻsimlik, yetti mingdan ortiq hayvon turlari yoʻqolib ketish arafasida. Aholi koʻpaymoqda, yangi yerlar oʻzlashtirilmoqda, suvga boʻlgan ehtiyoj esa tobora ortib boryapti.

Bu jarayonda albatta, rizq-roʻz yetishtiradigan fermerlarimiz tomonidan suvni tejovchi texnologiyalarni, jumladan ekinlarni sugʻorishda ilgʻor usullardan hisoblangan tomchilatib sugʻorishni joriy etishni kengaytirish zarur boʻladi. Bu oʻz navbatida suv resurslari cheklanganlik sharoitida kam suv sarflab, barqaror yuqori hosil olish imkonini beradi. Yana bir jihat ana shunday texnologiyalarni joriy qilgan fermer xoʻjaliklariga qator imkoniyat va sharoitlar yaratilib, bu boradagi harakatlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Masalan, ushbu texnologiya joriy qilingan yer maydoni boʻyicha 5 yil muddatga yagona yer soligʻi toʻladan ozod etilishi yuzasidn Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi.

Bunday sharoitda biz deputatlar xususan, OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzolari samarali parlament va deputatlik nazoratini olib borgan holda joylarda fermerlarimiz duch kelayotgan suv bilan bogʻliq muammolarning yechimlari, tejamkor texnologiyalarni joriy etish masalalariga eʼtiborni kuchaytiramiz.

Jahon gidrologlarining bashoratiga koʻra, 2020-yilga borib, dunyo aholisining 40 foizidan ziyodi ham ichimlik suvi muammosiga duch kelishi mumkin.

Oldingdan oqqan suvning qadri yuq. Teran tafakkur qilinsa bu maqol hayotdan kerakli saboq chiqarishga undayotgani ayon boʻladi. Koʻzni katta ochish vaqti keldi. Endi boshqacha boʻlishi mumkin emas. Demak, ona tabiat qonun-qoidalariga amal qilmaslik borliq deb atalmish ulkan daraxtga bolta urish bilan barobar.

Navroʻz RIZAYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?