Dunyo tan olgan bastakor Lyudvig van Betxoven kar boʻlmaganligi aniqlandi

14:27 06 Fevral 2020 Lifestyle
1319 0

Foto: interesnyefakty.org

Musiqa tarixchisi Teodor Albrext olib borgan tadqiqoti asosida nemis bastakori Lyudvig van Betxovenning 9-simfoniyasini yozganda toʻliq kar boʻlmaganligi toʻgʻrisida xulosa qildi.

“Daily Mail” nashrining yozishicha, mutaxassis bu xulosaga 1818-yildan (ommalashgan fikrlarga koʻra, bastakorning eshitishi 1798-yilda zaiflashgan, 1814-yilda butunlay yoʻqolgan) to 1827-yildagi vafotiga qadar bastakorning doʻstlari bilan suhbatlari yozilgan 139 daftarni oʻrgangandan soʻng kelgan.

Tarixchi Betxovenning soʻnggi kunlariga qadar oz boʻlsa-da chap qulogʻi eshitganligini tasdiqlovchi kamida 23 maʼlumotni topgan.

Maʼlumot oʻrnida, Lyudvig van Betxoven yigirma yoshida (1790-yil) mohir pianinochi sifatida mashhur boʻlib, 31 yoshida birinchi simfoniyasini yozgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?