Dunyo mo‘jizalariga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, Qarshidagi “ASI park”ga keling!

17:55 20 Iyul 2018 Jamiyat
463 0

Qarshi shahridagi markaziy istirohat bog‘i hududida barpo etilgan “ASI park” bugun qashqadaryoliklarning eng sevimli dam olish maskaniga aylangan.

Sababi, bu yerda dunyo mo‘jizalari jam bo‘lganki, tashrif buyuruvchilarga boburiy shahzoda Shoh Jahon tomonidan Hindistonning Agra shahrida barpo etilgan va dunyoning yetti mo‘jizasidan biri sanaladigan “Tojmahal“ me’moriy yodgorligi, Samarqanddagi Registon ansambli, qadimgi Rim me’morchiligining buyuk namunasi bo‘lmish “Kolizey“ amfiteatri, bir tomonga og‘ib turgan Piza minorasi, Parijdagi mashhur Eyfel minorasi, Moskvadagi Kreml saroyi va boshqa tarixiy obidalarning original tarzda qurilgan kichik ko‘rinishlari bilan bir paytda tanishishlari mumkin.

Shuningdek, yangi bog‘da 29 turdagi zamonaviy attraksionlar, ertak va afsonalar qahramonlarining siymolari aks ettirilgan haykallar bolalarga unutilmas zavq ulashmoqda.

Ahad MUHAMMADIYEV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.
Muallif olgan suratlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?