Dunyo mamlakatlarida bir likopcha ovqat narxi qancha?

18:49 17 Oktyabr 2018 Jamiyat
265 0
Illyustrativ foto

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi mutaxassislari tomonidan dunyoning turli mamlakatlarida bir likopcha ovqat narxi qancha turishi va odamlar oʻz daromadining necha foizini uni tayyorlashga sarflashini oʻrganishdi.

BMT yangiliklar markazi xabariga koʻra, AQSHning Nyu-York shahrida bir kosa shoʻrva olish uchun mahalliy aholi vakili oʻrtacha kunlik daromadining yarim foizini xarj qiladi. Janubiy Sudanda esa bu koʻrsatkich uch yuz barobar (201 foiz) koʻp ekan. Yaʼni bu mamlakatda odam bir kosa shoʻrva ichishi uchun ikki kun ishlashi kerak.

Mintaqamiz davlatlaridan Tojikistonda aholi kunlik daromadining 9 foizini, Qirgʻizistonda 10,4 foizini bir likopcha ovqat uchun sarflaydi.

Eslatib oʻtamiz, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha Jahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan yoʻllagan murojaatida sayyoramizda 820 million kishi toʻyib ovqatlanmasligini qayd etib oʻtgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?