Dunyo hali koronavirus pandemiyasining boshlanishida — JSST

01:19 16 Sentyabr 2020 Dunyo
463 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning COVID-19 boʻyicha maxsus vakili doktor Devid Nabarroning aytishicha, dunyo hali ham koronavirus pandemiyasi boshida.

U Buyuk Britaniya parlamentining tashqi ishlar qoʻmitasi majlisidagi nutqi paytida u vaziyatni juda “vahimali” deb atagan.

Nabarroning aytishicha, bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqealar epidemiyalar haqidagi har qanday ilmiy fantastikadan ham yomonroq koʻrinmoqda.

“Bu haqiqatan ham jiddiy — biz hali oʻrtada ham emasmiz. Biz hali ham yoʻlning boshida turibmiz. Bu dunyoga qancha zarar yetkazishini koʻrishni boshladik”, — deydi JSST maxsus vakili. Uning aytishicha, pandemiya Yevropada maxsus bosqichga oʻtmoqda va yana qaytmoqda.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, koronavirus pandemiyasi hozirgi “dahshatli va grotesk shaklida” shunchalik nazoratsizki, u dunyoni nafaqat retsessiya, balki ulkan iqtisodiy tanazzulga ham solmoqda.

“Bu ehtimol kambagʻallar sonini ikki baravarga, toʻyib ovqatlanmaydiganlar sonini ikki baravarga koʻpaytiradi va yuz millionlab kichik korxonalarni bankrot boʻlishiga olib keladi”, deydi Devid Nabarro.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?