Dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 20 milliondan oshdi

16:54 10 Avgust 2020 Jamiyat
248 0

“Xalq so`zi ONLINE”

Pandemiya boshlanganidan beri dunyo boʻylab koronavirusga chalinganlar soni 20 milliondan oshdi. “worldometers” portalining maʼlumotiga koʻra, bugun ertalab sayyoramizda 20 023 016 kishida “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlangan. Qurbonlar soni 733 mingdan oshgan, 12 897 813 kishi esa xastalikdan sogʻaygan.

Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga qaraganda, ushbu xastalikka chalinganlar soni 19 778 566 kishini tashkil etgan holda endi 20 millionga yaqinlashmoqda.

Infeksiyani yuqtirish darajasi eng yuqori boʻlgan davlatlar AQSH (5 044 435), Braziliya (3 035 422) hamda Hindiston (2 153 010), Rossiya (885 718) va Janubiy Afrika (559 859) boʻlib turibdi.

Taʼkidlanishicha, uch kundan kam vaqt ichida tasdiqlangan infeksiyalar soni milliontaga koʻpaygan holda 7-avgust kuni ertalab 19 milliondan oshib ketgan. Vaholanki, bir hafta oldin, 2-avgust kuni, dunyoda koronavirusni yuqtirib olganlar atigi 18 milliondan oshgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?