Dunyo boʻyicha blokcheyn texnologiyalarga doir patentlarning 75 foizi qaysi davlatlarga toʻgʻri keladi?

17:13 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
88 0

Poytaxtimizda “Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga koʻmaklashish” loyihasi doirasida seminar oʻtkazildi. Tadbirda vazirliklar, davlat idoralari, qoʻmitalar vakillari va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

“Raqamli iqtisodiyotning dunyoda rivojlanish tendensiyalari. Oʻzbekistonda rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi seminarni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat boʻyicha xalqaro ekspert Daniyel Mensi olib bordi.

Daniyel Mensi bugungi kunda raqamli iqtisodiyot eng koʻp rivojlangan mamlakatlar bu AQSH va Xitoy ekanini taʼkidlab, dunyo boʻyicha blokcheyn texnologiyalarga doir patentlarning 75 foizi aynan shu davlatlarga toʻgʻri kelishini aytdi. Oʻz navbatida internet mahsulotlarining 50 foizini shu davlatlar aholisi isteʼmol qiladi.

Blokcheyn texnologiyalari tomonlarning hech qanday vositachisiz bitimlarni xavfsiz, ishonchli amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiyadir.

Maʼruzachi, shuningdek, beshinchi avlod (5G) mobil texnologiyasi haqida maʼlumotlar berdi. Aloqa sifati va maʼlumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi, energetik samaradorligi inson salomatligiga zararsiz ekanligidan tashqari, bu texnologiya foydalanuvchilarga yangidan yangi imkoniyatlarni beradi.

Seminar xulosalariga koʻra raqamli iqtisodiyotni dunyoning barcha mamlakatlarida rivojlantirish zarurligi, raqamli iqtisodiyotga oʻtish jarayonini tezlashtirish lozimligi qayd etildi.

(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?