“Dunyo bo‘yicha 2017 yilda terrorchilar qo‘lidan 33 ming kishi halok bo‘ldi”

10:05 02 Iyun 2018 Dunyo
672 0
Foto: TASS

“Islom davlati” va “Al-Qoida” terrorchilik guruhlari birlashishlari mumkin. Bu haqida ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijrochi direktori Yevgeniy Sisoyev RFning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tgan aksilteror forumida aytib o‘tdi.

Uning fikricha, prognoz qilinayotgan tahdidlar qatorida “Islom davlati” va “Al-qoida” terrorchilik potensiallari o‘zining dunyodagi mudroq va faol bo‘linmalarini qamrab olishga qodir bo‘lgan yagona tarmoq doirasida birlashish imkoniyati istisno etilmayapti. U bu operativ vaziyatning yangi elementi deb atagan.

Yevgeniy Sisoyev ilgari Yaqin Sharqda jang qilgan katta miqdordagi jangarilar Afg‘onistonda yig‘ilganini ta’kidladi. “Ular o‘z faoliyatini davom ettirishga tayyor. Bugun ID Yevropa, Markaziy va Janubi-sharqiy Osiyo, Rossiyaga guruhlar tashlashga tayyorlanmoqda”, dedi u.

Uning qayd etishicha, bunday guruhlar qo‘lbola portlovchi qurilmalar, sovuq qurollar va transportdan foydalangan holda istalgan yirik megapolislarni hujum nishoniga aylantirish taktikasini tez-tez sinovdan o‘tkazayapti.

Sisoyevning ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda terrorchilar qo‘lidan dunyo bo‘yicha 33 ming kishi halok bo‘ldi. 2014 yildan beri hammasi bo‘lib 152 ming kishi jabrlandi. Har yili o‘rtacha 1600 ta terrorchilik harakati amalga oshirilmoqda. Suriyada terrorchilik o‘choqlarining muvaffaqiyatli yo‘q qilinishi tirik qolganlarni boshqa joylarga qochishga va ularning rahbarlarini xorijdagi shoxobchalarini faollashtirishga majbur qildi.

Eslatib o‘tamiz, Krasnoyarskda kecha “Xavfsizlikning zamonaviy tizimlari - Aksilterror” Butunrossiya maxsus forumi boshlandi va bugun o‘z nihoyasiga yetadi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?