“Dunyo” axborot agentligining vazifalari belgilandi

10:12 16 Sentyabr 2019 Jamiyat
90 0

Arxiv foto

Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan “Dunyo” axborot agentligining asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli materiallar, videoroliklar, telekoʻrsatuvlar, shuningdek Oʻzbekistonda va xorijiy davlatlarda roʻy berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali Oʻzbekistonning ishonchli va masʼuliyatli sherik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga koʻmaklashish mazkur axborot agentligining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan Agentlik tuzilmasi va Ustavi tasdiqlandi.

Agentlikka tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?