Dubaydan Toshkentga yangi aviaqatnov ochildi

11:13 12 Mart 2019 Jamiyat
329 0

Kecha “Flydubai”kompaniyasi tomonidan Dubaydan Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaparvoz amalga oshirildi. Bu bilan mazkur kompaniya Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yuritayotgan aviakompaniyalar orasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni taqdim qiluvchi ilk kompaniyaga aylandi.

Aytish joizki, Dubay-Toshkent oraligʻida toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovining yoʻlga qoʻyilishi ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim qadam boʻlib, manfaatli loyihalarga imkon yaratuvchi tashriflarni amalga oshirishni koʻzda tutadi.

Mazkur yoʻnalishdagi parvozlar haftasiga besh marta amalga oshiriladi. Joriy yilning 31 mayidan boshlab esa yoʻlovchilar har kuni “Flydubai” kompaniyasi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Dubaydan Toshkentga ekonom-klassning borish-kelish tarifi 420 AQSH dollaridan boshlanadi. Bu narx 20 kilogramm yuk va ovqatni oʻz ichiga oladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?