DTM: Test sinovlari yakunlandi. Ularda jami abituriyentlarning 97,8 foizi ishtirok etdi

10:28 16 Avgust 2019 Jamiyat
359 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻtkazilgan test sinovlarida jami 979 ming 436 nafar abituriyentdan 958 ming 195 nafari (97.8%) ishtirok etdi deb xabar berdi DTM.

Xususan:

Surxondaryo viloyatida – 8-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 76 ming 186 nafaridan 74 ming 607 nafari test sinovlarida ishtirok etdi;

Sirdaryo viloyatida – 10-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 33 ming 758 nafaridan 31 ming 929 nafari test sinovlarida ishtirok etdi;

Namangan viloyatida – 10-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 61 ming 451 nafaridan 59 ming 591 nafari test sinovlarida ishtirok etdi;

Toshkent shahrida – 10-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 211 ming 93 nafaridan 209 ming 369 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatida – 12-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 87 ming 184 nafaridan 85 ming 222 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Navoiy viloyatida – 13-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 39 ming 434 nafaridan 38 ming 781 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Fargʻona viloyatida – 13-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 89 ming 875 nafaridan 87 ming 303 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Jizzax viloyatida – 13-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 55 ming 942 nafaridan 54 ming 545 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Andijon viloyatida – 14-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 73 ming 713 nafaridan 71 ming 812 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Xorazm viloyatida – 14-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 55 ming 295 nafaridan 53 ming 685 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Samarqand viloyatida – 14-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 96 ming 197 nafaridan 93 ming 800 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 14-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 52 ming 292 nafaridan 51 ming 442 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Buxoro viloyatida – 15-avgust kuni test sinovlari yakunlandi. Abituriyentlarning 47 ming 049 nafaridan 46 ming 109 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?