DTM “sensatsiya” evaziga oʻquvchilarini bir onda koʻpaytirishga urinayotgan blogerlar ham uchrayotganini bildirdi

11:18 15 Avgust 2019 Jamiyat
199 0

Illyustrativ foto

Bu haqda Davlat test markazining “Telegramm”dagi rasmiy kanalida quyidagilar taʼkidlab oʻtilgan:

“Jurnalist uchun tor doira va umumiy soha boʻyicha (bir mavzu doirasida) yozaverish azobning oʻzginasi, serqirralik yoʻqoladi. Ammo hozir yana eski mavzu – ijtimoiy tarmoqlarda bosilayotgan asossiz fikr-mulohazalarga qaytmoqchimiz. Avval ham yozilganidek, ijtimoiy tarmoqlarda yana Davlat test markazining natija hisoblaydigan qimmatbaho texnika vositalari xato bilan ishlayapti, degan maʼlumotlar uchramoqda.

Shu oʻrinda qayta taʼkidlamoqchimiz: hurmatli abituriyentlar va ota-onalar, AQSHning SCANTRONkorporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan iNSIGHT™ 150 qurilmalari dunyoda eng yetakchi texnik vositalardan hisoblanadi va ulardan juda koʻp mamlakatlar foydalanadi. Sizlarni ishontirib aytamizki, Davlat test markazida oʻrnatilgan yuqori tezlikda ishlovchi iNSIGHT™ 150 markali optik skaner standartga mos, soz holatda va xatosiz ishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan maʼlumotlarga ishonib qolmasdan, holat boʻyicha avval Davlat test markaziga murojaat qilinsa, aniq javob olinsa, maqsadga muvofiq boʻlardi. Blogerlarning jamoatchilikka tezkor xabar yetkazish tamoyillariga sodiqligidan xursandmiz, lekin ular orasida oʻquvchilarini bir onda koʻpaytirishga harakat qilayotgan, buni nosogʻlom fikrlar, asossiz maʼlumotlar tarqatish, umuman “sensatsiya” evaziga amalga oshirayotganlari ham uchrayotganligini unutmaslik kerak.

Jamoatchilikning, blogerlarning tezkor maʼlumotlarni qabul qilishdan avval uni “xom” yoki “yetilgan”ligini tahlil qilishida maʼnaviy-siyosiy yetukligiga ishonib qolamiz”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?