DTM isitma yoki koronavirusga chalingani sabab 17-sentyabr kuni test topshiruvchilar maʼlumotnoma taqdim etishi kerakligini maʼlum qildi

19:04 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
202 0

Avvalroq, 2-13-sentyabr kunlari oʻtkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori boʻlgan hamda test sinovi oʻtkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlarini 2020-yil 17-sentyabr kuni tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Davlat test markazining qoʻshimcha qilishicha, qoʻshimcha test sinovlari 2-13-sentyabr kunlari oʻtkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori ekanligi aniqlanib, tegishli dalolatnoma tuzilgan yoki koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentning ishonchli vakili orqali koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini tasdiqlovchi maʼlumotnomani Davlat test markaziga taqdim etgan abituriyentlar uchun tashkil etiladi.

Mazkur abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasini shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?