DTM chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarni nega ogohlantirmoqda?

12:20 13 Iyul 2020 Jamiyat
696 0

Davlat test markazi chet tili sertifikatiga ega abituriyentlarni ogohlantirdi:

"Maʼlumki, chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda sertifikat maʼlumotlarini tizimga kiritadi.

Hozirda mazkur maʼlumotlar asosida Davlat test markazi tomonidan sertifikatlarning haqiqiyligi tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

— Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

— Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

— Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

Bunda, sertifikati tasdiqlanmagan abituriyentlarda, sertifikat nima uchun tasdiqlanmaganligining sababi ham keltiriladi.

Hozirgi kunga qadar Davlat test markazi tomonidan 6 000 dan ziyod sertifikatlar tekshirildi va 450 dan ortiq sertifikatlar talabga javob bermasligi aniqlandi.

Tekshirish jarayonida qalbaki sertifikatlar ham aniqlanayotgan boʻlib, sertifikatlarni qalbakilashtirgan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi va ularga qonunda belgilangan chora koʻriladi.

Sertifikatlarni tekshirish maʼlum vaqt olishini inobatga olgan holda, chet tili sertifikatiga ega abituriyentlardan sertifikatlarini 18-iyulga qadar kiritishlarini soʻraymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?