DTM: 12-avgustda 552 nafar abituriyent imtihonlarga kelmadi, 1 nafari chetlashtirildi

12:07 12 Avgust 2019 Jamiyat
224 0

Davlat test markazi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilayotgan test sinovlarining oʻn toʻrtinchi kuni haqida maʼlumot eʼlon qildi.

Respublika boʻyicha 9 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.

Test sinovlarida birinchi smenada jami 18 472 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 17 919 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda, 552 nafar abituriyent turli sabablarga koʻra test sinovlariga kelmadi, 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlari boʻlib oʻtayotgan hududlar:

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

2. Andijon viloyati;

3. Fargʻona viloyati;

4. Buxoro viloyati;

5. Xorazm viloyati;

6. Qashqadaryo viloyati;

7. Jizzax viloyati;

8. Navoiy viloyati;

9. Samarqand viloyati.

Roʻyxatda boʻlmagan hududlarda test jarayonlari nihoyasiga yetgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?