D.Shulakov: “Oʻzbekiston yevroobligatsiyalar bozorida faol savdo qilyapti”

15:01 27 Noyabr 2019 Iqtisodiyot
265 0

Yaqinda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 300 million AQSH dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari London fond birjasida listingga kiritilib, xalqaro kapital bozorlarida sotuvga chiqarilgani va bu investorlar tomonidan yuqori baholangani haqida xabar bergan edik.

Xususan, Rossiyaning “Gazprombank” banki birinchi vitse-prezidenti Denis Shulakov shu boʻyicha va umuman Oʻzbekistonning xalqaro moliya bozorida ayni paytda egallab turgan pozitsiyasi boʻyicha fikrlarini bildirib oʻtdi.

Ekspert Oʻzbekiston shu yil fevral oyida “Gazprombank” bilan hamkorlikda davlat obligatsiyalari bilan xalqaro moliya bozoriga ilk bor chiqqanini eslab oʻtdi.

“Debyut joylashtirishda eng asosiy gap hatto buyurtmalar kitobi tuzilishi yakunlari boʻyicha obligatsiyalar qanchaga yetishini anglatuvchi kupon stavkasida emas, balki ikkinchi(takroriy) savdolar paytida u qanchalik qiziqish uygʻotishidadir, - dedi Shulakov. – Aynan shunda real talab qancha yuqoriligi va qarz oluvchining kredit riski qancha narxda sotib olinayotgani hamda sotilayotgani maʼlum boʻladi. Zero, shu paytdan boshlab har kuni bozor darajasi aniqlab boriladi”.

Uning qayd etishicha, Oʻzbekiston yevroobligatsiyalar bozorida faol savdo qilyapti. Yaʼni u yerga 5 va 10 yillik yevrobondlarni joylashtirilgandan soʻng har ikkisining qiymat darajasi 130-135 bazaviy punktlarigacha toraydi.

“Shular asosida xulosa chiqarish mumkinki, nafaqat kredit tarixi qiziqish bilan kutib olindi, balki hukumatning keyingi harakatlari, investorlar bilan oʻzaro aloqalari, liberallashtirish va ochiqlik siyosati, izchillik bozor tomonidan ijobiy baholandi, - deydi ekspert. – Ikkilamchi bozorda Oʻzbekiston Moliya vazirligi yevroobligatsiyalari daromadliligi tushadi. Ularni dastlabki chiqarishda bozorda yetarli darajada talab boʻldi, yakuniy joylashtirish hajmidan sakkiz barobar koʻp arizalar kelib tushdi. Mazkur talabni qondirib boʻlmadi va bu qisman ikkinchi savdolarda ham namoyon boʻldi. Lekin buni hal etish uchun yangi obligatsiyalar chiqarilishi kerak edi. Binobarin, ushbu haftada OʻzSQB yevrobondlarini joylashtirdi.

D.Shulakov Oʻzbekiston sanoat bankining moliya bozoriga chiqishi kutilgan holat va mutlaqo mantiqiy qaror ekanligini taʼkidlar ekan, suveren obligatsiyalardan soʻng davlat banklari hamda yirik korporativ qarz oluvchilar bozorga chiqishini aytib oʻtdi. Banklar doim likvidlik boʻyicha yoʻl boshlovchi ekanligi va oʻz faoliyatida makroiqtisodiy barqarorlik koʻrsatkichlarini amalga oshirishlarini qoʻshimcha qildi.

U dastlabki korporativ obligatsiyalar chiqarilishiga tegishli prognozlari bilan ham boʻlishdi:

- 5,75 foizlik stavka bu Oʻzbekiston Respublikasi 5 yilga joylashtirgan yevroobligatsiyalarnikidan(4,75 foiz) yuqori. Bu mutlaqo normal holat, boshqa mamlakatlarning davlat va yirik banklari suveren chiqarishlarni 100-125 bazaviy punktli talablar boʻyicha sotadi.

“Gazprombank” vakilining eʼtirof etishicha, bugun Oʻzbekiston Respublikasi obligatsiyalarining ikkilamchi darajasi past, bu esa OʻzSQB yevroobligatsiyalarining ikkilamchi bozordagi qiymatini oshirish uchun potensial yaratadi. Hozirning oʻzidayoq OʻzSQB xalqaro obligatsiyalari qiymati oʻz nominalidan yuqoriligi va mos ravishda ikkilamchi bozorda daromad keltirishi tushishini koʻrish mumkin.

Ekspert OʻzSQB tomonidan yevrobondlar chiqarilishi va ikkilamchi bozor dinamikasi sharofati bilan mamlakatning boshqa yirik banklariga ham moliya bozoriga chiqishi uchun yaxshi sharoitlar yaratilganini taʼkidladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?