“Dovullar yildan-yilga kuchayib bormoqda“ — xalqaro tadqiqotchilar

01:06 21 May 2020 Dunyo
163 0

Arxiv surat

AQSH Okeanlar va atmosferani oʻrganish milliy boshqarmasi Atrof-muhit haqida maʼlumotlar markazi hamda Viskonsin-Medison meteorologik tadqiqotlar instituti tadqiqotchilari bilan birgalikda soʻnggi 40 yil ichida toʻplangan tropik dovullarga oid maʼlumotlarni tahlil qilgan holda “Dovullar tobora kuchayib bormoqda”, degan xulosaga kelishdi.

Ushbu mulohazalar jamlanmasi AQSH Milliy fanlar akademiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan maqolada keltirildi.

Tadqiqotga yetakchilik qilgan Jeyms Kossinning soʻzlariga koʻra, boʻronlar nafaqat mintaqada, balki global miqyosda ham kuchaygan. Ammo bunga nima sabab boʻlayotgani aniq emas.

“Dovullarning yildan-yilga kuchayib borishi, oʻz-oʻzidan qoʻshimcha iqtisodiy zarar keltiradi. Ammo boshqa xavflar ham bor. Masalan, dovul qanchalik kuchli boʻlsa, shunchalik sekin harakatlanadi va bu uzoq davom etadigan yomgʻir hamda toshqinlar xavfini oshiradi”, — deydi Kossin.

Qayd etilishicha, dovullarning tobora kuchayib borayotganini soʻnggi 40 yillikda olingan sunʼiy yoʻldosh tasvirlari koʻrsatmoqda. Amerikalik olimlar ushbu jarayonning dinamikasini yaxshiroq tushunish uchun ularni tahlil qilishni davom ettirishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?