Do‘stlik rishtalari mustahkamlanmoqda

11:03 16 May 2018 Madaniyat
284 0
Foto: ru.sputniknews-uz.com

Urganch shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati yoshlari ishtirokida koreys tili va madaniyati mintaqaviy festivali o‘tkazildi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va koreys milliy madaniy markazi hamkorligida milliy madaniyat, til, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir bu yil o‘ninchi bor o‘tkazilmoqda.

— O‘zbekistonda boshqa millat vakillari bilan bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashab kelayapmiz, — deydi Xivadagi “Bolalar shaharchasi” direktori, O‘zbekiston Qahramoni Vera Pak. — Bugungi kunda Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan 4400 nafarga yaqin koreys millati vakillari ham yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan mehnat qilmoqda. Mazkur mintaqaviy festival Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi koreys tilini o‘rganayotgan yoshlarga o‘z imkoniyat va salohiyatlarini to‘liq namoyish etish imkonini beradi. Bunday tadbirlar o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Festival yakunida faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Odilbek ODAMBOYEV,
«Xalq so‘zi» muxbiri.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?