232 nafar andijonlik bo‘lajak farmatsevtlar ish bilan ta’minlanadigan bo‘ldi

18:33 18 Iyul 2018 Jamiyat
192 0
Arxiv foto

Tan olish kerak, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bu – kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi.

“Grand Farm Trayd” mas’uliyati cheklangan jamiyati Andijon viloyatidagi mavjud beshta tibbiyot kollejining 593 nafar bitiruvchilari orasidan 232 nafariga munosib ish o‘rni taklif etdi. Yirik dorixonalar tarmog‘i hamda ulgurji va chakana savdo uchun dori vositalari yetkazib berishga ixtisoslashgan ushbu jamiyat bitiruvchilar uchun 1 oylik o‘quv kurslari tashkil qilishni rejalashtirgan. Bu davr mobaynida ular 500 ming so‘m miqdorida stipendiya, bepul tushlik va yo‘lkira xarajati bilan ta’minlanadilar.

- Jamiyatimiz respublikamizdagi mavjud 5500 ta dorixonaning 70 foizi bilan hamkorlik qiladi, - deydi MCHJning Farg‘ona vodiysi bo‘yicha rahbari Qahramonjon Otaxonov “Xalq so‘zi” muxbiri bilan suhbatda. – Andijonlik bitiruvchilar ish bilan ta’minlangach 800 ming so‘mdan 1 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi oylik maoshiga ega ish joyiga taklif etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?