Dorixonalarda ustamalar 20 foiz oʻrniga 93 foizgacha qoʻllanilgani aniqlandi

14:30 28 Oktyabr 2020 Jamiyat
225 0

Bugun AOKA zalida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Togʻayeva ishtirokida oʻtkazilgan brifingda pandemiya davrida dori-darmon vositalari narxining oshishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan maʼlumot berildi.

— Agentlik tomonidan respublikamizda viruslarga qarshi, immunitetni oshirish va boshqa maqsadlarga moʻljallangan dori vositalari narxining oshib ketishini oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholi talabi yuqori boʻlgan 91 ta savdo nomidagi dori vositalarini dorixonalarda mavjudligi va ularning chakana narxlari yuzasidan kunlik monitoring amalga oshirilib kelmoqda.

Joriy yil 23-iyuldan 9-oktyabrgacha 3 mingta dorixonada monitoring kuzatuvlari oʻtkazildi.

Agentlik tomonidan 140 ta dorixonada tekshirish va oʻrganishlar oʻtkazilgan boʻlib, shundan, 30 tasida belgilangan ustamalarni 20 foiz oʻrniga 93 foizgacha qoʻllanilgani, 17 ta holatda yaroqlilik muddati oʻtgan, roʻyxatdan oʻtmagan va kirim hujjati mavjud boʻlmagan dori vositalarini realizatsiya qilish, 18 ta holatda litsenziyasiz faoliyat va boshqa kamchiliklar aniqlangan.

Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan jami 28 ta dorixonaga ish qoʻzgʻatilib, ortiqcha olingan 2 million 800 ming soʻm pul mablagʻi isteʼmolchilarga qaytarilgan. Hamda litsenziya shartlarini qoʻpol ravishda buzganligi holati boʻyicha hujjatlar mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?