“Dorixonada Kaktusning narxi qancha?”

18:17 18 Fevral 2019 Jamiyat
262 0

2019 yilning 14 mart kuni Toshkentda “Dorixonada kaktusning narxi qancha?” degan mavzuda Oʻzbekistonda yagona boʻlgan II Farmatsevtik Anjumani va yilning eng muhim PHARMCLUB AWARDS taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Anjumanda 200 dan ortiq ishtirokchi hozir boʻlishi kutilyapti. Unda bir qator xorijiy va mahalliy maʼruzachilar tomonidan dorixona sohasida biznes yuritish va rivojlantirish boʻyicha taqdimotlar oʻtkaziladi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasidan farmatsevtika biznesini rivojlantirish boʻyicha maslahatchi, Rossiya farmatsevtika marketingi uyushmasi ishtirokchisi Pavel Lisovskiy, Ukrainadan biznes-trener Yuriy Chertkov, Qozogʻistondan “Yevroosiyo tibbiyot uyushmasi” rahbari Jupar Baypakbayeva, germaniyalik Olga Grinsova, shuningdek, Oʻzbekistondan “MЕROS” korporatsiyasi boshligʻi Maksim Kostromskoy va “APPTECHKA” loyihasi boshligʻi Ilgiz Nurgalimovlar soʻzga chiqadi.

Anjuman doirasida “PHARMCLUB AWARDS” mukofotining ishtirokchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

“PHARMCLUB AWARDS” taqdimoti nominatsiyalari:

“Yil ishlab chiqaruvchisi” ( mahalliy)

“Yil ishlab chiqaruvchisi” (xorijiy)

“Yilning eng taniqli OTS” (retseptsiz beriladigan) dori vositasi”

“Yilning eng taniqli tibbiy texnika brendi”

“Yilning eng taniqli BFQ (biologik faol qoʻshimcha) vositasi”

“Yilning dorixona tarmogʻi”

“Yil dorixonasi” .


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?