“Dori Darmon” dorixonalar tarmogʻi boshqaruvi Amerika kompaniyasiga berildi

17:53 23 Oktyabr 2018 Jamiyat
719 0

Farmatsevtika sohasida faoliyat koʻrsatuvchi eng yirik kompaniyalardan biri “Dori Darmon” boshqaruvi AQSHning “United Investment Healthcare Group” LLC kompaniyasi ixtiyoriga berildi. Bu haqda tegishli hujjat Oʻzbekiston-AQSH biznes-forumi doirasida imzolandi.

Bunga qadar, joriy yilda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi chogʻida “United Investment Healthcare Group” LLC va “Dori-Darmon” oʻrtasida memorandum imzolangandi.

Ustav fondiga koʻra, 71% aksiyasi davlatga tegishil boʻlgan “Dori-Darmon” 2 200ta ijtimoiy dorixonalarni oʻz ichiga oladi. Kompaniya dori sifatida foydalaniladigan narkotik psixotropik dori vositalarini davlat kasalxonalariga yetkazib beradigan yagona taʼminotchi sanaladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?