FIFA: Jahon chempionatida birorta futbolchida doping aniqlanmadi

10:53 13 Iyul 2018 Sport
840 0
Illyustrativ foto

FIFA doping testlar natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, futbol bo‘yicha jahon kubogi ishtirokchilaridan olingan barcha doping testlari natijalari manfiy bo‘ldi. Turnirda ishtirok etgan 32 jamoaning barcha o‘yinchilari sinovdan o‘tkazilgan.

FIFA saytida yozilishicha, qariyb 4 mingta namuna olingan. Ular chempionat jahon chempionati boshlanishidan avval va o‘yinlar vaqtida amalga oshirildi.

“Yanvar oyi boshidan beri 1,5 ming nafardan ziyod futbolchidan 3985 ta doping testlar olindi. Ulardan faqat bittasida futbolchining taqiqlangan preparat qabul qilgani aniqlandi. Ammo bunga e’tibor qaratmaslik zarur. Chunki futbolchiga davolovchi shifokori ushbu preparatni qabul qilishga ruxsat bergan”, deyiladi xabarda.

Oldinroq, Germaniyaning Bild nashri Rossiya terma jamoasi futbolchilari jahon chempionatida o‘z jismoniy holatini yaxshilash uchun dopingdan foydalanganini yozgan edi. Xabarda rossiyalik futbolchilar 2018 yilgi Jahon chempionatining Xorvatiyaga qarshi kechgan 1/4 final uchrashuvida jismoniy holatini kuchaytirish uchun ammiak hidlashganini ma’lum qilingan. Ammiak taqiqlangan vositalar safiga kirmasa-da bu modda ham doping kabi quvvatlantirishi ta’kidlangan. Bild bunga isbot tariqasida “Tvitter“da Rossiya terma jamoasi himoyachisi Ilya Kutepovning quyidagi suratini taqdim etgan.

Foto: Bild

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?