Doniyor Gʻaniyev: Kulishni ham, yigʻlashni ham bilmaysan...

14:50 12 Iyul 2020 Siyosat
833 0

Joriy yilning 30-iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatda sud hokimiyatining mustaqilligini, odil sudlovni taʼminlash boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi. Yigʻilishda davlat rahbari sudyaning faoliyatiga toʻsqinlik qilgani va adolatsiz qaror chiqarishga majburlagani uchun javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek, sudyalarning adolatli qaror qabul qilishlariga taʼsir oʻtkazuvchi barcha omillarni bartaraf etish zarurligini aytib oʻtgan edilar.

Oradan oʻn kun oʻtib esa bu kabi kulgili, sharmandali holat. Joylardagi baʼzi ijro hokimiyati rahbarlari sudlarni mustaqil boʻlishini, odil sudlovni amalga oshirishini hali beri hazm qila olmasliklari aniq, lekin nahot demokratiya, Konstitutsiya, hokimiyatlar mustaqilligi va boshqa qonunlar yuzidan sudyalarga hech boʻlmasa biroz hurmat koʻrsatish qiyin boʻlsa???

Rivojlangan davlatlarda sudyalik bu eng sharaflik kasblardan biri hisoblanadi. Prezident, elchilar kabi sudyalarga ham “janob, janobi oliylari” (your honour) deb murojaat qilinadi. Chunki sudyalar, umuman sud hokimiyati bir paytni oʻzida mamlakatda qonun ustuvorligi ramzi, adolat timsoli hisoblanadi.

Bizda esa sudyalarga nisbatan ijro hokimiyati vakillari tomonidan eng oddiy hurmat ham koʻrsatilmas ekan, sud hokimiyati mustaqilligini, qonun ustuvorligini taʼminlashimiz zarurligi borasida hali yana uzoq gapirishda davom etishimiz aniq.

Doniyor Gʻaniyev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?