Donald Tramp Vladimir Putinni kuzda Vashingtonga taklif qildi

11:53 23 Iyul 2018 Dunyo
811 0
Foto: zamin.uz

AQSH Prezidenti Rossiya rahbari Vladimir Putinni 2018 yil kuzida Vashingtonga taklif qildi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders tvitterdagi sahifasida xabar berdi. Taklifnomani Rossiya tomoniga AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton topshirgan.

“Prezident Tramp Jon Boltondan Rossiya rahbarini shu yilning kuzida Vashingtonga taklif qilishni so‘radi. Tomonlar bu masalani muhokama qilmoqda”, deya yozadi Sanders.

AQSH Prezidentning ta’kidlashicha, bo‘lajak uchrashuv terrorizmga qarshi kurash, Yaqin Sharqdagi mojarolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish, yadroviy qurolsizlantirish va Ukrainadagi vaziyat borasida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga yordam beradi.

Oq uy rahbarining qayd qilishicha, Xelsinkidagi AQSH-Rossiya sammiti yolg‘on yangiliklar tarqatuvchi OAVdan tashqari barcha uchun katta muvaffaqiyat bo‘lgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?