Donald Tramp Vladimir Putin bilan uchrashuvi xalqaro muammolarga yechim topish uchun yordam berishini aytdi

15:49 14 Iyun 2018 Dunyo
940 0
Foto: ТВ Центр

AQSH prezidenti Rossiyani “Katta yettilik” safiga qaytib, mazkur formatni “Katta sakkizlik” ko‘rinishiga qayta o‘zgartirish tarafdori ekanligini bildirdi. Donald Tramp uning RF prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashuvi xalqaro muammolarga yechim topish uchun yordam berishini ta’kidlagan. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.

Tramp Kanadada yaqinda bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” sammiti haqida gapirar ekan, shunday dedi: “Biz vaqtimizning taxminan 25 foizini Rossiyani muhokama qilishga sarfladik. Men o‘shanda o‘zimga o‘zim shunday dedim: “Axir Rossiya tomoni shu yerga kelganida, yaxshi bo‘lmasmidi?”.

AQSH rahbarining fikricha, agar sammitga Vladimir Putin kelganda, tushlik paytida u bilan yonma-yon o‘tirib bir stolda eng muhim masalalarni ko‘rib chiqqan bo‘lardi.

“O‘ylashimcha, u bilan yaxshi munosabatda bo‘lardim, - dedi Tramp. – Yoki biz qachondir telefonda gaplashish to‘g‘ri kelgandan ko‘ra yaxshiroq suhbat qurgan bo‘lardik”.

U Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar Amerikaning oldingi rahbariyatidan farqli ravishda ko‘proq hurmatga asoslanajagiga ishonch bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?