Donald Tramp Oq uyda iftorlik tashkil qiladi. Mehmonlar noma’lum

17:39 05 Iyun 2018 Dunyo
911 0
Foto: The Nation

AQSH prezidenti Donald Tramp bugun Oq uyida muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tashkil etib beradi. Bu haqida davlat rahbari ma’muriyatidagi manbaga asoslanib mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Jumladan, The New York Times gazetasi ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Hozircha og‘iz ochish marosimiga taklif etilgan mehmonlar ro‘yxati haqida hech qanday xabar berilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?