Donald Tramp KXDR bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishda kim katta yordam berganini ma’lum qildi

12:23 13 Iyun 2018 Dunyo
259 0
Foto: kordon.com.ua

AQSH Prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida KXDR bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishda Xitoy katta yordam berganini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, u Pekinning mazkur yo‘nalishdagi ko‘magi oxirgi ikki-uch oyda biroz kamayganini ham bildirdi. Tramp buni AQSH va XXR o‘rtasida yuzaga kelgan savdo mojarolari bilan bog‘ladi.

“Lekin hech nima meni rais Si Szinpin bilan munosabatlarimga xalaqit bera olmaydi. Uni juda qattiq hurmat qilaman, u ajoyib inson” – deydi AQSH Prezidenti.

Tramp Singapurda KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvi chog‘ida Shimoliy Koreya xavfsizlikni xohlayotganini yana bir bor tushunib yetganini aytib, mazkur davlat bu maqsadiga erishishini ta’kidlab o‘tdi.

AQSH Prezidenti Kim Chen In o‘z mamlakatini rivojlantirish salohiyatini anglab etishni istayotgani haqida fikr bildirdi.

Donald Tramp KXDR juda zo‘r geografik joylashuvga ega ekanligi, Xitoy va Janubiy Koreya o‘rtasida joylashgani, okean bilan o‘ralgani haqida to‘xtalar ekan, “Bundan ortig‘i bo‘lmaydi” deya qo‘shimcha qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?