Donald Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashadi

12:06 11 Sentyabr 2018 Dunyo
166 0
Arxiv foto

AQSH rahbari yaqinda KXDR rahbaridan “iliq va ijobiy” maktub olganidan soʻng u bilan yangi uchrashuvni tashkil etishga qaror qilgan.

Ayni paytda har ikki davlat vakillari Donald Tramp va Kim Chen Inning navbatdagi muzokaralariga tayyorgarlik koʻrishyapti. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders jurnalistlar uchun oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.

“Kim Chen Inning AQSH prezidentiga maktubi, shubhasiz, muzokaralarni davom ettirishga boʻlgan sodiqlikni namoyon etdi”, - dedi Sanders.

Uning soʻzlariga koʻra, ayni paytda uchrashuvni muvofiqlashtirish jarayoni olib borilmoqda. Oʻz navbatida u AQSH rahbariyati Shimoliy Koreya yetakchisidan kelgan iliq va ijobiy ruhdagi xatning toʻliq mazmun-mohiyati oshkor etilmasligini ham bildirgan.

Bundan oldin Donald Tramp Kim Chen Inga yadro raketalarisiz harbiy tantanali namoyish oʻtkazgani uchun minnatdorlik izhor etgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?