Donald Tramp Kim Chen In bilan Vyetnamda uchrashishi mumkin

15:36 07 Yanvar 2019 Dunyo
242 0

AQSH prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan Vyetnamning Xanoy shahrida uchrashishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Janubiy Koreyaning Munhwa Ilbo nashri maʼlumotlariga koʻra, bundan oldin AQSH va Shimoliy Koreya vakillari Xanoyda yuqori darajadagi navbatdagi muloqot sanasi boʻyicha muzokaralar olib borishgan.

Yaqinda Donald Tramp ham tomonlar AQSHva KXDR oʻrtasidagi navbatdagi sammit uchun joy tanlash masalasida maslahatlashuvlar olib borayotganini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, Vashington va Pxenyan “juda yaxshi muloqot”ni yoʻlga qoʻygan. Oʻz navbatida Oq uy rahbari KXDRga nisbatan sanksiyalar saqlanib qolinishini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, ikki davlat oʻrtasidagi birinchi tarixiy sammit oʻtgan yil iyun oyida Singapurda boʻlib oʻtgandi. Kelgusi uchrashuv shu yilning yanvar-fevral oylarida tashkil etilishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019