Doʻmbirobodda 4 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanish oqibatida vafot etdi

10:15 31 Oktyabr 2018 Jamiyat
595 0

Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaro oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish alomatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Xalq soʻzi” manbalarining xabar berishicha, voqea Chilonzor tumanining Doʻmbirobod mahallasida sodir boʻlgan. Halok boʻlganlarning ikki nafari qiz, ikki nafar erkak (yosh yigitlar) boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan ekspertiza-tekshiruv ishlari olib borilmokda. Voqea haqida tekshiruv xulosalari chiqqanidan soʻng batafsil maʼlumot beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?