Dolzarb mavzuga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boshlandi

12:20 19 Fevral 2019 Jamiyat
259 0

Toshkentda “Markaziy Osiyoda oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzuidagi xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.

Anjuman kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish uchun poytaxtimizga xalqaro ekspert-tahlil hamjamiyatining 130 dan ortiq vakillari, olimlar va tadqiqotchilar tashrif buyurdi. Ular uzoq yillardan beri bevosita Markaziy Osiyo masalalari bilan shugʻullanib kelishadi.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Kamilov, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari N.German nutq soʻzladi.

Ikki kun davomida ekspertlar shoʻba majlislari formatida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning yangi surʼatlari, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv-ekologiya, energetika, madaniy-gumanitar, xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi. Shuningdek, ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro tajriba bilan oʻrtoqlashishadi hamda uni Markaziy Osiyoda qoʻllash imkoniyatlarini koʻrib chiqishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?