Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

11:19 02 Mart 2020 Iqtisodiyot
164 0

Foto: www.google.com

Markaziy bank 3-martdan valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 12,44 soʻmga tushib, bir dollar 9513,84 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi 159,66 soʻmga koʻtarilib, 10 489,01 soʻmga teng boʻldi.

Oʻz navbatida rubl kursi 6,97 soʻmga arzonlashgan va 1 rubl 141,85 soʻmga teng boʻlgan.

Qayd etish kerakki, Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi hafta pasaymoqda. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?