Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

12:16 14 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
270 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, ertaga, 15-sentyabrdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 295 soʻm 33 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 21 soʻm 16 tiyinga qimmatlagan.

1 yevro kursi 12 194 soʻm 82 tiyinga baholanib, 32 soʻm 26 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 1 soʻm 37 tiyinga koʻtarildi. Xususan, 1 rubl 137 soʻm 65 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?