Dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi, yevro esa tushdi

12:39 17 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
525 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 12,95 soʻmga koʻtarilgan va 1 dollar 8325,59 soʻmni tashkil etgan.

1 yevro kursi 42.72 soʻmga arzonlab, 1 yevro 9413.74 soʻmga teng boʻlib turibdi.

1 Rossiya rubli 0.52 soʻmga tushdi va 124.70 soʻmni tashkil qildi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?