Sirdaryoda salkam 4,5 ming dollar o‘g‘risi qo‘lga olindi

16:48 25 May 2018 Jamiyat
324 0
Foto: РИА Новости Украина

22 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida yashovchi A.J. IIBga murojaat qildi, deb yozmoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd qilinishicha, shu yil 1 maydan 18 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs A.J.ning uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib kirib, yotoqxonasidan 4 000 AQSH dollari va 2 mln. 900 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning Birdamlik ko‘chasida yashovchi Z.J. sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?