Dollar kursi oshdi, yevro va rubl esa arzonlashdi

11:14 16 Mart 2020 Iqtisodiyot
262 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020-yil 17-martdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 19 soʻm 80 tiyinga oshib, 9520 soʻm 34 tiyinga yetgan.

1 Yevro kursi esa 149 soʻm 2 tiyinga tushib, 10 572 soʻm 34 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 8 soʻm 69 tiyinga arzonlashib, 130 soʻm 22 tiyinga yetgan.

1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 708 soʻm 18 tiyinga pasayib, 11 687 soʻm 17 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?