Dollar kursi keskin qimmatlashdi: Oʻzbekiston banklarida sotib olish kursi 8900 soʻmga yetdi

14:04 09 Avgust 2019 Iqtisodiyot
378 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston tijorat banklari sotish va sotib olish kursini deyarli 200 soʻmga oshirishdi. Bu haqda Uznews.uz xabar berdi.

9-avgustdan boshlab qator banklar dollarni 8840 soʻmdan sotib olib, 8900 soʻmdan sotishmoqda. Quyida yangi kurslar belgilangan banklar roʻyxatini keltiramiz:

  • Ipoteka bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
  • Kapitalbank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
  • Hamkor bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
  • Davr bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
  • Asia Alliance bank: sotib olish - 8840, sotish - 8890;
  • Universal bank: sotib olish - 8840, sotish - 8890;
  • Asaka bank: sotib olish - 8840, sotish - 8900;
  • Aloqa bank: sotib olish - 8840, sotish - 8880.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank tomonidan 6-avgustdan boshlab belgilangan rasmiy kurs 8704.87 soʻmni tashkil qiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?