Dollar kursi 9450 soʻmgacha yetdi

09:48 20 Avgust 2019 Jamiyat
222 0

Illyustrativ foto

20-avgust, yaʼni bugundan boshlab Oʻzbekistondagi banklar dollarni 9450 soʻmdan sotishni, 9200-9350 soʻmdan sotib olishni boshladi, deb xabar berdi Spot. Oxirgi bir kunda ushbu valyuta kursi kamida 200 soʻmga qimmatlashdi.

Birjada ham dollar oʻsib boryapti. Oʻzbekiston valyuta birjasidagi 19-avgust kungi savdo yakunlariga koʻra dollar 9129 soʻmdan baholandi. Bu 16-avgustdagiga nisbatan 45 soʻm koʻpdir. Savdo hajmi esa 94 mln. dollarga tushib ketdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?