Dollar kursi 9000 soʻmga yetdi

10:09 13 Avgust 2019 Jamiyat
235 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston banklari 13-avgustdan boshlab dollarni 9000 soʻmdan sotishni, 8940 soʻmdan sotib olishni boshladi. Oxirgi toʻrt kunda banklarda dollar kursi kamida 100 soʻmga qimmatlashgan, deb yozadi Spot manbasi.

Birjada ham AQSH valyutasi koʻtarilib boryapti. Oʻzbekiston valyuta birjasida 12-avgustdagi savdo yakunlariga koʻra, dollar narxi 8926 soʻmni tashkil etgan. Bu 9-avgustdagiga nisbatan 44 soʻm qimmatdir.

Avgust oyi boshida birjada keskin tushib ketgan savdo hajmi asta-sekin tiklanmoqda. 12-avgust kungi yakunlarga koʻra, bu koʻrsatkich 98,1 mln. soʻmni tashkil etgan. Solishtirish uchun bu miqdor 9-avgustda 76,9 mln. soʻm, 30-iyulda 147 mln. soʻm boʻlgan edi. Oʻshanda dollar 8706 soʻmdan sotilgan.

Roʻy berayotgan bu kabi holat ortida “Ipak Yoʻli” banki konversion kartalardan naqd xorij valyutasini bepul yechib olish boʻyicha eʼlon qilgan aksiyasi toʻxtatilganini xabar berdi. Endi bu boradagi komissiya toʻlovi narxi 0,5 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan bir qatorda 13-avgustdan konversiya boʻyicha amaliyotlar faqat VISA Exchange, VISA Virtual va UnionPay Exchange konversion kartalari orqali amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?